London va Parij Bayden orqali Kiyevni Rossiyaga zarba berishiga ko‘ndirmoqchi

Foto: OCHIQ MANBA

Britaniyaning The Telegraph gazetasi manbalarga tayanib yozishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Jo Baydenni 2025-yil yanvarida Oq uyni tark etishidan oldin Kiyevga Rossiya hududining ichkarisiga Storm Shadow raketalari bilan zarba berishga ruxsat berishga ko‘ndirmoqchi. Starmer va Makron ushbu masalani 11-noyabr kuni Parijda birgalikda muhokama qilishni rejalashtirishmoqda.

Britaniya hukumatidagi yuqori martabali manba gazeta bilan suhbatda shunday deydi: “Biz 20-yanvarga (Trampning inauguratsiya kuni) qadar bo‘lgan vaqtni iloji boricha samarali foydalanishni istaymiz, keyingi AQSh ma’muriyati kelguniga qadar hech narsani kechiktirib bo’lmaydi.”

Boshqa bir manba gazeta bilan suhbatda Jo Bayden Oq uyni tark etishidan oldin yaqin haftalar ichida Kiyevga qo‘shimcha moliyaviy yordam ko‘rsatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Saylov kampaniyasi davomida Tramp Oq uyga qaytishi bilan Ukrainadagi urushni “24 soat ichida” tugatishini aytgan edi. The Telegraph nashri Trampning Ukrainaga nisbatan rejalari bilan bog‘liq xavotirlar o‘tgan dam olish kunlari yana kuchayganini qayd etadi. Chunki uning sobiq hukumatidagi Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan ikki a’zosi — Mayk Pompeo va Nikki Xeyli — bu safar Trampning ma’muriyatida o‘rin olishmaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.