“Lufthansa” aviakompaniyasi samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
“Lufthansa” aviakompaniyasining Myunxendan Shanxayga uchayotgan LH-726 reysi Toshkent aeroportiga 08:13 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqida Uzbekistan airports xabar bermoqda.
Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashishi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qon bosimining beqarorligi sabab bo‘lgan. 57 yoshli Italiya fuqarosi bort qo‘nganidan so‘ng darhol poytaxt tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizildi.
Soat 10:04 da LH-726 reysi Toshkent aeroportidan Shanxayga parvozini davom ettirdi.
Ulashish:
Sharhlar