Lukashenko: ayol kishi Belarusni boshqara olmagan bo‘lardi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ayol kishi uning mamlakatini boshqara olmasligini bildirdi. Uning aniqlik kiritishicha, Belarus prezidenti oliy bosh qo‘mondondir va bu “eng og‘ir ish”, deya xabar beradi “Belta” davlat agentligi.
“Belarusda, Xudo ko‘rsatmasin, ayol kishi saylanmasin. (…) Belarusda prezident bosh qo‘mondon. Keyin, bu eng qiyin ish. Ayolni bunday yuklashning hojati yo‘q, bu tantanali lavozim emas. Balki vaqt o‘tishi bilan biz shunday uslubga kelarmiz. Ammo hozircha u boshqacha. (…) Men ayollar oldida tiz cho‘kaman va ularning rolini umuman kamsitmayman. Lekin ular yonimizda bo‘lishi kerak”, – deydi Aleksandr Lukashenko.
Ulashish:
Sharhlar