Lukashenko siyosiy sabablarga ko‘ra qamalgan yana 32 kishini avf etdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko siyosiy sabablarga ko‘ra sudlangan yana 32 kishini avf etdi, bu avgust oyi boshidan beri beshinchi avf bo‘ldi.
Avf etilganlarning barchasi aybini tan olgan. Ularning 8 nafari ayol, 24 nafari erkak. 17 nafari surunkali kasallikka chalingan, bir nafari nogiron. Bundan tashqari, 17 nafar mahkumning farzandlari bor. Avf etilganlarning 9 nafari 50 yoshdan oshgan shaxslar, deya xabar beradi Lukashenko matbuot xizmati.
Lukashenko so‘nggi oylarda beshinchi marta siyosiy mahbuslarni avf etishini e’lon qildi. Bu vaqt ichida jami 160 kishi avf etilgan.
Belorussiyadagi “Vesna” inson huquqlari markazining ma’lumotlariga ko‘ra, Belarusda 2020-yilgi namoyishlardan so‘ng besh mingdan ortiq kishi siyosiy sabablarga ko‘ra sudlangan. Ulardan mingdan ortiq kishi “Vesna” tomonidan siyosiy mahbus sifatida tan olingan.
Sharhlar