Luong Kuong Vetnam prezidenti etib saylandi.
Luong Kuong Vetnam prezidenti etib saylandi, – deb xabar bermoqda TACC.
Uni birinchilardan bo’lib, Putin Vetnam prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
“Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman. Davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik ruhida rivojlanib bormoqda. Prezident sifatidagi faoliyatingiz barcha sohalarda samarali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi, deb umid qilaman. Bu, shubhasiz, do’st Rossiya va Vetnam xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga mos keladi. Sizga muvaffaqiyatlar, shuningdek, sihat-salomatlik va farovonlik tilayman”, -degan o’z tabrigida Vladimir Putin.
Sharhlar