Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

Фото: https://t.me/bakhtiyor_saidov/

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgning mamlakatimizdagi birinchi elchisi Tom Risen bilan uchrashib, uni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo-sotiqni qo‘llab-quvvatlash, sheriklik munosabatlarining huquqiy asoslarini mustahkamlash va boshqa masalalar muhokama qilingan.

Saidov o‘zining Telegram’dagi kanalida O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha vazirliklar oldida katta ishlar turganini ta’kidladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.