M-39 Olmaota-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lida yoriqlar paydo bo‘lgan, avtomobillarga aylanma harakatlardan foydalanish tavsiya etilmoqda

Фото: Самарқанд вилояти ИИБ

14 fevral kuni M-39 Olmaota-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati hududidan o‘tgan 1079-1080-kilometrlari oralig‘i, Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomondagi Cho‘pon ota tepaligida yog‘ingarchiliklar va bir qator omillar ta’sirida yoriqlar paydo bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar beryapti.

“Shu sababli vaqtincha transport vositalarini harakati bir tomonlama tashkil etilishi rejalashtirilgan”, – deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, yuk transport vositalarini harakati quyidagicha tashkil etiladi.

Toshkent-Navoiy yo‘nalishiga M -39-4R-48 avtomobil yo‘llari chorrahasidan 4R-48,4K-493v avtomobil yo‘llari orqali;

Kitob-Toshkent yo‘nalishiga M-39, M-37a avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37a avtomobil yo‘li orqali;

Qarshi- Toshkent yo‘nalishiga A-378 M-37a avtomobil yo‘llari kesishgan qismida tashkil etilgan aylanma harakatdan M-37a avtomobil yo‘li orqali;

Toshkent-Kitob yo‘nalishiga M-37 – M-37a avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37a avtomobil yo‘li orqali;

Toshkent-Qarshi yo‘nalishiga M-37 –M-37a avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37a avtomobil yo‘li orqali harkatlanishlari tavsiya etilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.