Madaniyat vaziri: “Madaniyatni saqlash asfalt yotqizishdan ko’ra muhimroq”
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash muhimligi haqida gapirib o’tdi.
Yo‘llarni asfaltlash kabi infratuzilma loyihalari o‘rniga byudjet mablag‘larini madaniy tadbirlarga sarflash ustuvorligi haqidagi savolga javob berar ekan, vazir hozirgi sharoitda madaniyatga sarmoya kiritish nihoyatda muhim ekanini ta’kidladi.
“Bunday festivallarga 3-5 milliard so‘m sarflanishi, menimcha, insoniyat kelajagini asrab-avaylashda juda muhim”, – deydi Madaniyat vazirligi rahbari.
Nazarbekov zamonaviy global beqarorlik sharoitida “qora kuchlar” ta’sirida hushyor bo‘lish va an’anaviy qadriyatlarni himoya qilish zarurligini ta’kidladi.
“Globalizm madaniyatimizga tahdid solmoqda”, – dedi u. “Xalqlarning madaniy o’ziga xosligini yo’q qilishga urinayotgan kuchlarga qarshi turish uchun o’z qadriyatlaringizga rioya qilish va butun dunyoni xuddi shunday pozitsiyani egallashga chaqirish kerak.”
Sharhlar