Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning reklamadagi ishtirokiga izoh berdi

Скриншот

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning reklama roligidagi ishtiroki bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganayotgani haqida avvalroq yozgan edik. Madaniyat vazirligi bu borada rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ozodbek Nazarbekov “The Voice of Uzbekistan” loyihasining hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lib, navbatdagi sonni suratga olish uchun libos tanlash maqsadida loyiha imidjmeykerlari bilan birgalikda “KINGSMAN UZBEKISTAN” kiyim-kechak do‘koniga tashrif buyurgan.

Kiyim tanlash jarayonida Nazarbekov o‘zining shaxsiy fikrini bildirib, milliy brendni rivojlantirish, sifatli mahsulot yaratayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar bergan.

Vazirlik Nazarbekovning hech qanday moddiy manfaatdorlik yoki reklama orqali foyda ko‘rish niyati yo‘qligini ta’kidladi. Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti va davlat xizmatchisi sifatida barcha qonunlarni hurmat qiladi va ularga qat’iy rioya qiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.