“Magic city” oldidagi budkada yong’in sodir bo’ldi

Foto: videodan nusxa

Bugun,6-oktabr kuni soat 18:47 da Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan “Magic city” bog‘i kirish darvozasi oldidagi budkada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:49 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.