Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to’liq qoplab beriladi
Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi.
Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.
Quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
— 15-sentyabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
— qo‘shma taʼlim uchun.
Qo’shimcha ma’lumotlar:
- magistraturada o‘qiydigan barcha talaba-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi. “Faqat kam taʼminlangan ayollarga to‘lanadi” degan tushuncha xato. Faqat 15-sentyabrgacha ariza berish kerak.
- qo‘shma taʼlim shaklida tashkil qilingan magistratura mutaxassisliklari uchun kontrakt to‘lab berilmaydi. Garchi ushbu qo‘shma taʼlim davlat OTMda bo‘lsa ham.
Sharhlar