Magistraturaning mandat javoblari 20-avgustga qadar e’lon qilinadi
2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlarning o‘qish javoblari joriy yil 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun: bakalavr mandati 17-avgustga qadar chiqishi kerak.
Ulashish:
Sharhlar