Mahallalardagi maydonchalar nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirilishi mumkin

Foto: Ombudsman

Nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb etishga qaratilgan takliflar ham koʻrib chiqildi.

  • Davlat sport maktablarida adaptiv sport boʻyicha guruhlar tashkil etish, mahallalardagi maydonchalarni nogironligi boʻlgan shaxslarga ham moslashtirish taklif etilmoqda.
  • “ERP-sport” elektron tizimida nogironligi boʻlgan shaxslarning alohida hisobini yuritish orqali ularning imkoniyatiga mos sport turlari avtomatik aniqlanadi.
  • Reabilitatsiya markazlarida jismoniy terapiya, mexanoterapiya, fizioterapiya kabi zamonaviy reabilitatsiya usullarini qoʻllash kengaytiriladi.
  • Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashga ham eʼtibor kuchaytiriladi. Bu yoʻnalishda xalqaro musobaqalarda gʻolib boʻlganlar hamda ularning murabbiylarini moddiy ragʻbatlantirish tizimi joriy qilinadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.