O‘zbekistonda mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinadi

Foto: jizzax.uz

Prezident tomonidan imzolangan “Mahkumlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ularni yangilangan Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O’RQ-948-son, 28.08.2024-y.) bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishiga, sha’ni va kadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga), Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlandi.

Shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga bo‘lgan huquqi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.