O‘zbekistonda mahkumlarga qarindoshlari bilan videouchrashuv uchun ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mahkumlarga o‘z qarindoshlari bilan videouchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv uchun ruxsat berilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.
Umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni o‘tayotgan mahkumlarning masofali videouchrashuvlari yoki telefon orqali so‘zlashuvlari muassasa ma’muriyati nazorati ostida o‘tkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi.
Masofali videouchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga ko‘ra, mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgandan keyin, shuningdek alohida hollarda unga qo‘shimcha ravishda masofali videouchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat etilishi mumkin.
Ayni paytda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning masofali videouchrashuv yoki telefon orqali o‘zaro so‘zlashuvlari taqiqlanadi.
Sharhlar