Mahmud Muradov oktagonga ko’tariladi

Foto: olamsport
O’zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, sobiq UFC jangchisi Mahmud Muradovning (27-8-0) navbatdagi jangi bo’yicha tafsilotlar ma’lum bo’ldi.

U 23-noyabr kuni Polshaning Loj shahrida tashkil etiladigan MMA bo’yicha Fame 23 turnirida oktagonga ko’tariladi. Muradovga turnirda SHimoliy Irlandiya vakili, sobiq UFC jangchisi Norman Park (32-7-1) raqiblik qiladi.

O’rta vazn toifasida tashkil etiladigan to’qnashuv 3 raund etib belgilangan. Jang ko’rgazmali maqomda o’tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Mahmud Muradov so’nggi jangini 21-sentabr kuni Oktagon 61 turniri doirasida britaniyalik Skott Askxemga qarshi o’tkazib, ochkolar hisobiga ko’ra g’alaba qozongan edi. Bu Muradov uchun UFC’dan ketganidan keyin o’tkazgan ilk jangi bo’lgandi.

Norman Park 2012-2016-yillar davomida UFC’da 9 ta jang o’tkazib, 5 ta g’alaba, 3 ta mag’lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.