Maishiy chiqindilarni qayta ishlaydigan 8 ta zavod quriladi

Foto: Ekologiya vazirligi

O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi. Bu zavodlar Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalari ishtirokida 11 hududda, jami 1,28 mlrd AQSH dollari qiymatidagi loyihalar asosida barpo etiladi. Zavodlar yillik 4,7 mln tonna chiqindini qayta ishlash orqali 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqaradi va poligonlar sonini besh barobarga qisqartiradi. Bu haqida Ekologiya vazirligi xabar bermoqda. 

Loyihalarga ko‘ra, Toshkent, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida zavodlar qurilib, 2026-yilda ishga tushiriladi. Bu loyihalar orqali 1 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, 152 mln m³ tabiiy gaz va 2,4 mln tonna issiqxona gazlarining kamayishi kutilmoqda.

Shuningdek, bu hamkorliklar sirkulyar iqtisodiyot, ekologik barqarorlik va aholiga xavfli kasalliklarning kamayishiga hissa qo‘shadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.