Xitoy fuqarosi Toshkentdan qadimiy Makedonskiy tangalarini olib ketmoqchi bo‘ldi
Joriy yilning 12ғiyul kuni soat 01:05 larda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi S.J.ga tegishli yo‘l sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabar berdi.
Tekshiruv davomida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, jami 1 dona eramizdan avvalgi taxminan III asrda ishlab chiqarilgan Makedonskiy rasmi tushirilgan oq rangli metalldan yasalgan qadimiy tanga borligi aniqlandi.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar