Makron: Fransiya ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashni rejalashtirmoqda
Fransiya 4,5 ming kishidan iborat ukraina brigadasini tayyorlab, uni o‘qitish va qurollantirish niyatida, -dedi Makron TF1 va France 2 telekanallariga bergan intervyusida.
Fransiya ham Ukrainaga Mirage 2000-5 qiruvchi samolyotlarini topshirmoqchi.
Parij Ukrainaga topshirishni rejalashtirayotgan fransuz Mirage qiruvchi samolyotlari ba’zi xususiyatlariga ko’ra Kiyevga mos kelmaydi, deb yozadi Business Insider portali.
Ta’kidlanishicha, Mirage 2000-5 samaradorligi MICA havo-havo raketasi bilan cheklangan va Ukraina samolyotlari Rossiyaning kuchli qurol tizimlari tufayli past balandliklarda uchishga majbur bo’lmoqda.
Parij Ukrainaga yetkazib berishni rejalashtirayotgan Fransiyaning Mirage 2000 qiruvchi samolyotlari 2025-yilda Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qo‘llanilishi mumkin, dedi Fransiya qurolli kuchlari vaziri Sebastyan Lekornu.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Parij 2025-yilda Kiyevga Mirage 2000 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish niyatida ekanligini tasdiqladi.
Sharhlar