Maktab direktori bolalarni kaltaklayotgani haqidagi holat o’rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda maktab direktori bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videoda tarqaldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi, deb xabar bermoqda mbudsman axborot xizmati.

Aniqlanishicha, holat Oltinkoʻl tumanidagi 38-umumtaʼlim maktabida boʻlib, 8-sinf oʻquvchisi Q.M. (oʻgʻil bola) sinf xonada pirotexnika vositalaridan foydalangan. Bunga javoban maktab direktori goʻyoki tarbiyaviy maqsadda Q.M. ni va sinfdagi boshqa bir necha bolalarni urgan.

Hozirda Andijon viloyati MMTB tomonidan ishchi guruhi tuzilib, holat oʻrganilmoqda.

Shuningdek, Oltinkoʻl tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Kuni kecha, Samarqandda maktab o‘quvchisi direktorni pedofillikda ayblagani va bu haqida rasmiy manbalarda hali ma’lumotlar berilmaganligi haqida xabar bergan edik.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.