Maktab o’qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari joriy etiladi

Foto: kun.uz

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Unga ko‘ra:

  • Dushanba kuni — Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) o‘qituvchilari uchun;
  • Seshanba kuni — Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili) o‘qituvchilari uchun;
  • Chorshanba kuni — Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan — Sciyence) o‘qituvchilari uchun;
  • Payshanba kuni — Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) o‘qituvchilari uchun;
  • Juma kuni — Xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun;
  • Shanba kuni — Amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari tashkil etiladi.

Ushbu tadbirlarda mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.

“Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga fanlar kesimida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining yetakchi o‘qituvchilari jalb qilinadi.

Kasbiy rivojlanish kunlari tegishli fan o‘qituvchilari uchun asosan kasbiy rivojlantirish tadbirlarida ishtirok etadigan ish kuni hisoblanadi.

“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari o‘tkaziladigan vaqtda tegishli fan o‘qituvchilari maktablardagi dars mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlarga jalb qilinmaydi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.