Maktab o’quvchisi bilan sodir bo’lgan YTHga oydinlik kiritildi
Biroz oldin “Cobalt” haydovchisi piyodalar o’tish joyidan kesib o’tayotgan maktab o’quvchisini urib yuborganligi haqida xabar berilgan edi.
Ushbu holat Yuqori Chirchiq tumanida sodir bo‘lganligi ma’lum bo’ldi.
Xabarga ko`ra, 30-sentabr kuni soat 07:45 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan 14-sonli maktab qarshisida 1998-yilda tug‘ilgan M.N haydovchi “Cobalt” rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 2013-yilda tug‘ilgan piyoda M.A ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada piyodaga markaziy shifoxonada birinchi yordam ko‘rsatilgan. Hozirda piyoda ahvoli yaxshiligi sababli shifoxodan ruxsat berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sharhlar