Maktab o’quvchisini kaltaklagan o’qituvchilar ishi sudga oshirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ” Target” nomli xususiy maktabda 2 nafar o’qituvchi 9-sinf o’quvchisiga kuch ishlatganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi, deb xabar bermoqda ombudsman axborot xizmati.
Tuman IIO FMB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur xususiy maktabning 9-sinf o‘quvchisi Gʻ.J. (2008-yilda tug‘ilgan) ga maktab o‘qituvchilari A.F. va N.M. tomonidan jismoniy kuch ishlatilgan. Tayinlangan sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Gʻ.J. ga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan A.F. va N.M. larning xatti-harakatlariga qonuniy chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudiga yuborildi.
Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvini davom ettiradi va qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi.
Sharhlar