Maktab va bog‘chalarda trixofitiya kasalligi tarqalayotganni rostmi

Foto: OCHIQ MANBA

Ijtimoiy tarmoqlarda respublika maktab va bog‘chalarida trixofitiya kasalligi tarqalayotganligi haqida turli xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlarga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi professori Egamberdi Eshboyev  aniqlik kiritdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shifokorning fikriga ko’ra, ushbu kasallik bir kunda paydo bo‘ladigan kasallik emas. Uning hayot uchun xavflilik darajasi ham xavotir oladigan darajada emas. Respublikamizda kasallikni davolash borasida barcha sharoitlar bor. Trixofitiya kasalligining manbasi asosan hayvonlar bo‘lib, bolalar ular bilan muloqot qilganlarida yuqish holati yuzaga kelishi mumkin. Shu ma’noda bu kasallikni tarqalishi inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi haqida xavotirga borish noo‘rin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.