“Maktabda o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatilishini hech qanday oqlab bo‘lmaydi” – Sherzodxon Qudratxo‘ja

Фото: STV.uz

О‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja Toshkent maktabida yuz bergan voqeaga izoh berdi.

U o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatishini nomaqbul deb atadi. Biroq, uning nuqtai nazari bo‘yicha, “tashqaridan bu dahshatli, ammo mahalliy hodisaga millatlararo va tillararo ma’no berishga urinish” ham qabul qilinishi mumkin emas:

“Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqeani ko‘rganimda, men ham turli ommaviy axborot vositalaridagi nashrlarni ko‘rib, hayratda qoldim. Turli OAVdagi xabarlarni ko‘rishning o‘zi yetarli… Bizda qaysi tilda gapirishidan qat’i nazar barcha fuqraolar teng. Maktabda o‘quvchiga nisbatan kuch qo‘llashni ham qoralayman. Bunga shubham yo‘q. Shuningdek, О‘zbekiston – mustaqil suveren davlat ekaniga ham shubham yo‘q. U o‘zining ichki ishlariga aralashishlarini qabul qilmaydi. Bu mening Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibining so‘zlariga javobim”,  – deb yozadi rektor.

Avvalroq О‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov bo‘lib o‘tgan voqealarga izoh berib, Rossiya tomoniga О‘zbekistonning ichki ishlariga aralashmaslik va o‘zining muammolarini hal etishga e’tibor qaratishni qat’iy tavsiya qilgandi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.