Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi
23-26-iyul kunlari O’zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sababli, Respublikaning 4 ta viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
- Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraladi.
Ulashish:
Sharhlar