Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish kiritildi

Foto: ejarima.uz

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-979-son, 21.10.2024 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish kiritildi.

Qonunga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ro‘yxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan o‘zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag‘ini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona ro‘yxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.