O‘zbekistonda mandat natijalari e’lon qilindi

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Bilimni baholash agentligi.

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

  1. my.uzbmb.uz sayti orqali:
    my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
  2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
    mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
  3. SMS-xabarnoma xizmati orqali:
    5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
  4. Test natijalari qaydnomasi orqali:
    Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.