Mandat natijalari e’lon qilinganidan keyin apellatsiya berish boshlanadi

Mandat natijalari e’lon qilingach, abituriyentlar o’z shaxsiy kabinetlari orqali 10 kun davomida apellatsiya arizalarini berish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

10-avgustda yo’nalish tanlash nihoyasiga yetdi va 1 haftadan so’ng, 17-avgustda mandat e’lon qilinishi kerak.

Apellatsiya arizalarini qabul qilish ham 17-avgustdan boshlanadi va 27-avgustda tugaydi.

28-avgustdan boshlab, e’tirozlar ko’rib chiqila boshlaydi.

Avvalroq, abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligini bilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.