Mansabdor shaxslar pora olgan paytida qo’lga tushdi
“O‘rtachirchiq tumangaz” gaz ta’minoti bosh muhandisi non mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan binoni gaz tarmog‘iga ulab berish, texnik hujjatlarni rasmiylashtirish, hisoblagich o‘rnatish, gaz quvurlarini tortish va boshqa ishlarni qilib berish evaziga 8500 AQSH dollari olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.
“Xazorasp erkin iqtisodiy zona direksiyasi” davlat unitar korxonasi mutaxassisi Qo‘shko‘pir tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni o‘zining mansabdor tanishlari orqali Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 6 ming AQSH dollari talab qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mutaxassis 3500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
“Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida mansabdor shaxs yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning yerga bo‘lgan egalik huquqini qayta tiklab berish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 400 AQSH dollari hamda 1.200.000 so‘m olgan vaqtida qo’lga tushdi”, – deyiladi xabarda.
Qashqadaryo viloyatida esa Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi o‘z mansab vakolatidan foydalangan holda 2 nafar fuqaroni mazkur birlashmaga ishga qabul qilish evaziga 1500 AQSH dollari olgan paytida ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar