Mansabini suiiste’mol qilgan hokim yordamchilari ushlandi
Aholining turmush tarzini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash hamda joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida har bir mahallada tuman hokimi yordamchisi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun ushbu yordamchilar ko‘plab oilalarning yordamlashib, ularning hayotlari farovonlashuviga sababchi bo‘layotganliklari quvonarli albatta. Lekin, bularning orasida o’z manfaatlarini o’ylovchi hokim yordamchilari ham uchrab turibdi.
Jumladan, O‘rtachirchiq tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi K.M. mansabdor tanishlari orqali “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqaroga 1,8 gektar yer maydonini 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 13 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda esa G‘allaorol tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi I.K. vakolatli tanishlari ko‘magida fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo’lga tushdi.
Hozirda hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, 55 nafar hokim yordamchisi jazolanganligi haqida xabar berilgan edi.
Sharhlar