Manuel Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi
Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Darvozabon o‘z qarorini ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
Avvalroq, OAVda Noyer 2026-yilgi jahon chempionatigacha Germaniya terma jamoasida qolish niyatida ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Shu bilan birga, Noyer sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasi o‘yinlarida jamoa safida bo‘lmaydi. Kuzda Germaniya Gollandiya va Vengriya bilan o‘ynab, Millatlar Ligasi guruh bosqichida ikkita uchrashuv o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyer Germaniya terma jamoasi uchun 124 ta o‘yinni o‘tkazgan, milliy jamodagi debyutini 2009-yilda amalga oshirgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshli germaniyalik futbolchining bozor qiymati 4 million yevroni tashkil qiladi.
Sharhlar