O‘zbekistonda Marburg gemorragik isitmasining oldini olish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda
Joriy yilning 29-sentabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganligini ma’lum qildi, deb yozadi O’zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28 sentabr holatiga Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan holat ro‘yxatga olingan va shundan 6 ta holatda o‘lim qayd etilgan.
JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.
Marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bilan bir katorda O’zbekiston Respublikasida ham davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida faoliyat yuritayotgan Canitariya nazorat punktlarining (SNP) xushyorligi oshirilgan.
Marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:
— Gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash;
— gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart extiyot choralarini ko‘rish, qo‘shimcha ravishda infeksiyani yuqtirishini oldini olishga qaratilgan shaxsiy ximoya vositalaridan to‘liq foydalanish;
— gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqatda bo‘lmaslik;
— kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashhisoti va kasallikni oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;
— kasallikni nazorat qilishda xavfsiz in’eksiya usullarini qo‘llash, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish;
— infeksiya bo‘yicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish kabi choralari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda Sanepidqo‘mita fuqarolarga jiddiy xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.
Sharhlar