Markaziy bank plastik kartalari bo‘yicha bir kishi boshiga limit belgilashni rejalashtirmoqda

фото: repost.uz

Markaziy bank bir kishiga beriladigan plastik kartochkalar sonini cheklashni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda  departament matbuot xizmati.

Bank kartalari bilan bog‘liq shubhali operatsiyalarning oldini olish hamda jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va bank kartalarining firibgarlik sxemalarida ishtirokini kamaytirish maqsadida Markaziy bank kartalar, shu jumladan virtual va kobrendli kartalar sonini cheklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Markaziy bank fuqarolarga bitta bankda 5 tagacha kartochka chiqarishga ruxsat berishi, shuningdek, har bir kishi uchun 20 tagacha karta limitini belgilashi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, cheklovlar xorijiy valyutada ochilgan bank kartalariga tatbiq etilmaydi.

Avvalroq Markaziy bank O‘zbekistondagi to‘lov terminallarida tranzaksiyalarni tasniflash uchun MCC kodlari joriy etilishini ma’lum qilgandi

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.