Markaziy bank fuqarolarni firibgarlikdan ogohlantirdi

Foto: videodan nusxa

Hozirgi kunda firibgarlarning internet tarmog‘idan soxta telefon raqamlari orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilish holatlari kuzatilmoqda. Bunda firibgarlar Markaziy bank xodimi sifatida o‘zini tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirishga urinmoqda, deb xabar bermoqda Markziy bank matbuot xizmati.

Bundan tashqari, firibgarlar telegram messenjerida “Markaziy bank”ning soxta kanalini yaratib, fuqarolarning bank kartalariga oid ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali kartadagi pul mablag‘larini o‘zlashtirmoqda.

Markaziy bank bu kabi xabarlar va akkauntlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.

Fuqarolar uchun quyidagi ma’lumotlar eslatib o‘tiladi:

  • Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmasligini va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmasligini yodda tuting.
  • Fuqarolardan ushbu xabarlarga e’tibor qaratmaslik va bank kartalari ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik, hech qanday havolaga kirmaslik so‘raladi.
  • Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida regulyatorning tarmoqlardagi verifikatsiyalangan sahifalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.