Markaziy bank raisining yangi o‘rinbosari tayinlandi
Prezidentning farmoni bilan Olimov Abror Mirzo Muhammadqosimovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Uning zimmasiga xalqaro hamkorlik, valyutani tartibga solish, xalqaro zahiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatilgan. Shuningdek, u Respublika Valyuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.
Shu kungacha A.Olimov Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.
A.Olimov 1988-yilda tug‘ilgan. 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr, 2012-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2020-yilda Xitotsubashi universitetining (Yaponiya) magistratura bosqichini tamomlagan.
U bank tizimida 10 yillik ish tajribasiga ega.
Sharhlar