Markaziy bankka qo‘shimcha vakolatlar beriladi
O‘zbekistonda Markaziy bankka moliya sohasida kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar beriladi, deya xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.
Navbatdagi yalpi majlisda senatorlar texnologiyalarning rivojlanishi munosabati bilan kredit tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari faoliyatida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar darajasini oshirish zarurligini ta’kidladilar.
Shunga muvofiq, mamlakatimizda Markaziy bankning kredit-to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari, kredit byurolari tomonidan xavfsizlik va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlarini belgilovchi qonun loyihasi qabul qilindi.
Sharhlar