Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birining uch fuqarosi Stavropol o‘lkasida terakt uyushtirishni rejalashtirgan

Вещи, конфискованные ФСБ у подозреваемых.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Stavropol o‘lkasida terakt oldi olinganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Qayd etilishicha, terakt “Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birining uch nafar fuqarosi” tomonidan tayyorlangan. Ular go‘yoki “odamlar ommaviy bo‘ladigan joylardan birida” portlash uyushtirishni rejalashtirgan.

FXX xodimlari gumonlanuvchilarni qo‘lga olgan. Ularning yashash joyida “qo‘lbola portlovchi qurilmaning tarkibiy qismlari, kimyoviy moddalar va zarar yetkazuvchi unsurlar aniqlangan va musodara qilingan”.

Terakt haqidagi modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qo‘lga olinganlarning shaxsi va boshqa tafsilotlar oshkor etilmayapti.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.