Markaziy Osiyo banklari Rossiyadan to‘lovlarni to‘xtatyapti
Iyul oyida Rossiya biznesining to‘lovlarni qabul qilishdan bosh tortishlari ulushi 30 foizga oshdi, deb yozadi RBK “PEK”, Digital VED, GTL va Logita Trade transport kompaniyalari obzorlarini o‘rgangan holda. Markaziy Osiyo orqali Xitoyga pul o‘tkazishda eng ko‘p muammolar paydo bo‘lgan, deydi Digital VED asoschisi Anna Fomicheva.
“Ko‘pincha to‘lovlar kechiktiriladi yoki hech qanday tushuntirishsiz qaytariladi. Xizmat ko‘rsatuvchi Rossiya banki ularni bilmaydi va tushuntira olmaydi, chunki muammo chet elda qabul qiluvchi bankda paydo bo‘ladi”, – deydi nashrga “PEK” moliyaviy direktori Roman Romashevskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilning ikkinchi choragida muammolar yanada kuchaygan.
Yana bir ekspertning aytishicha, “do‘st mamlakatlar” banklari Rossiya Federatsiyasidan to‘lovlarni qabul qilishdan bosh tortishlarini Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzkorligi munosabati bilan AQShning ikkilamchi sanktsiyalari ostida qolishni istamasliklari bilan izohlamoqda.
Sharhlar