Toshkent Markaziy vokzali 16-avgustdan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi
2024-yilning 15-iyulidan 15-avgust sanasigacha To‘qimachi bekatida modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanishi haqida xabar berilgan edi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 16-avgust sanasidan Toshkent Markaziy vokzali o‘z faoliyatini boshlaydi. Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin bo‘ladi.
Ya’ni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanadi, hozirda Toshkent Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar 16-avgust sanasidan boshlab Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.
Sharhlar