Marko Rubio va Maykl Uolts: Tramp davrida AQSH tashqi siyosatini kim boshqaradi?
Yaqinda saylangan prezident Donald Tramp senator Marko Rubioni davlat kotibi lavozimiga, Kongress a’zosi Maykl Uoltsni esa milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi lavozimiga tayinlashi mumkin, deb yozmoqda Amerika ommaviy axborot vositalari.
New York Times, Wall Street Journal, CBS va CNN nashrlariga ko‘ra, Rubio Davlat departamentini boshqara oladigan asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmagan bo‘lsa-da, Rubioning nomi so‘nggi hafta ichida ko‘p marta tilga olingan.
Tramp saylov kampaniyasi davomida Rubio nomzodini vitse-prezidentlikka ham ko‘rib chiqqan, lekin yakunda Djey Di Vensni tanlagan.
Agar 53 yoshli Rubio tayinlansa, bu Tramp bilan uning munosabatlarida katta burilish bo‘lishi kutilmoqda. 2016 yilda har ikkisi Respublikachilar partiyasi nomzodi uchun kurashgan paytda Rubio Trampni “qallob” deb atagan va uni “prezidentlik lavozimi uchun eng qabih inson” deb hisoblagan edi. Tramp esa uni “kichik Marko” deb masxara qilgan.
Amerika uchun xavfli davlatlar, jumladan Xitoy, Eron va Kubaga nisbatan keskin munosabatda bo‘lishi kutilgan Rubio, Trampning “Avvalo Amerika” shiorini ham qo‘llab-quvvatlagan. U yaqinda Ukrainadagi urushni muzokaralar orqali hal etish kerakligini va Kiyevning barcha bosib olingan hududlarni qaytarishi mumkin emasligini aytgan. Shuningdek, u Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga qarshi ovoz bergan.
Sharhlar