Marmar va ohaktoshlarni noqonuniy qazib olganlar qo’lga tushdi
G‘ozg‘on shaharida “M.S.” MCHJ mas’ul shaxslari “Marmarobod” MFY hududidagi marmar konidan tegishli ruxsatnoma olmasdan 3 020 kub hajmdagi marmar toshlarini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 694,8 mln so‘m zarar yetkazgan.
“Karmana tumanida esa “N.G.” MCHJ mas’ul shaxslari “Turatau-2” konidan MCHJ belgilangan hududdan tashqarida 3 178 kub hajmdagi ohaktoshni o‘zboshimchalik bilan qazib olgan va davlat va jamiyat manfaatlariga 143 mln so‘m zarar yetkazgan”, – deyiladi xabarda.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar