Mask Trampning saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun 200 million dollar sarfladi

fOTO: Ochiq manba

Associated Press xabariga ko‘ra , Ilon Maskning siyosiy qo‘mitasi Donald Trampni saylovoldi kampaniyasida qo‘llab-quvvatlash uchun taxminan 200 million dollar jo‘natgan va bu uning saylovda g‘alaba qozonishiga yordam bergan. Qo’mita ilgari ovoz bermagan yoki saylovdan qochgan saylovchilarga ta’sir o’tkazishga harakat qildi.

ABC telekanalining xabar berishicha, Mask bo‘lajak Tramp ma’muriyati shakllanishida asosiy shaxsga aylanmoqda. Saylov kunidan beri milliarder Florida shtatidagi Mar-a-Lago mulkiga tez-tez tashrif buyurib, u erda kadrlar bo’yicha qarorlarni muhokama qilishda faol ishtirok etadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.