Mask va Tramp Starship kosmik kemasining uchirilishini birga tomosha qilishdi
Milliarder Ilon Maskning Amerikaning “SpaceX” kompaniyasi o’zining oltinchi sinov parvozida Starshipni uchirdi. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp uchirilishni Mask bilan birga tomosha qildi.
Sinov ikki bosqichdan iborat – yuqori bosqich va “Super Heavy” kuchaytirgich – Starship asosiy texnik yaxshilanishlarni, jumladan, Raptor dvigatelini koinotda qayta yoqish, issiqlik qalqoni sinovi va Hind okeaniga boshqariladigan tushish uchun o’zgarishlarni sinab ko’radi.
Rejalarga ko’ra, Starship kosmik tizimi universal bo’ladi va u past Yer orbitasiga boshqariladigan parvozlar, sun’iy yo’ldoshlarni uchirish va Marsga missiyalarni amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin. “Super Heavy” qayta ishlatilishi mumkin bo’lgan kuchaytirgich va Starship Yerga vertikal qo’nishni amalga oshirishi ko’zda tutilgan.
Amaldagi loyiha kosmik tizimning umumiy balandligi 121 m, diametri 9 m, foydali yuki 100-150 tonnani tashkil etishni nazarda tutadi.
Sharhlar