Prezident Matbuot xizmatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Prezident Matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida ishlab kelgan Yunusov Bahodir Maxsutovich Prezident Matbuot xizmati shu’ba mudiri etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Shuningdek, farmoyish bilan Buyuk Britaniyadagi Xalt xalqaro biznes maktabi va Birmingem universitetini tamomlagan Gaynulina Kamila Timurovna Prezident Matbuot xizmati yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.
Ulashish:
Sharhlar