Samarqandda harakatlanib ketayotgan Matiz avtomobili yonib ketdi

Foto: Samarqand viloyati IIB

2024-yil 12-iyul kuni soat 16:28 da Samarqand tumani “Yangi ariq” MFY hududidan harakatlanib ketayotgan fuqaro J.O. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomobilda hamda yo‘l yoqasidagi I.A.S. fermer xo‘jaligiga qarashli somon qoldiqlar mavjud maydonda yong‘in sodir bo‘lganligi haqida viloyat FVB ga xabar berilgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:37 da yetib borib, yong‘in soat 17:18 da oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.