Mineral o‘g‘itlar bozorida narxlarni asossiz oshirish holati bo‘yicha “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
“Maxam-Chirchiq” AJda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ xujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarining asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi.
Natijada, mineral o‘g‘it mahsulotlari narxlari o‘rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, ushbu omil qishloq xo‘jaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga bevosita ta’sir qilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin.
Qo‘zg‘atilgan ish o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi xabarda.
Sharhlar