O‘zbekistonda maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi
Joriy yilning 21-avgust kuni Prezident tomonidan imzolangan qaror bilan ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozadi O’zA.
Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
— “katta leytenant” – 3 yil;
— “kapitan” – 4 yil;
— “mayor” – 5 yil;
— “podpolkovnik” – 6 yil”.
Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
— “bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;
— “bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;
— “bojxona xizmati mayori” – 5 yil;
— “bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.
Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
— “katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;
— “kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;
— “mayor” harbiy unvonida – 5 yil;
— “podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.
Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
— “katta leytenant” – 3 yil;
— “kapitan” – 4 yil;
— “mayor” – 5 yil;
— “podpolkovnik” – 6 yil”.
Sharhlar