MCHJ rahbari 9 nafar fuqaroning nomiga imtiyozli kredit olib, o‘zlashtirdi
Ohangaron shahrida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. (muqaddam JKning 167-moddasi bilan sudlangan) 5 ta MCHJ rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, o‘zining nomiga “N.I.” MCHJni tashkil qilib, hududiy tijorat banki filialidan 9 nafar fuqaroning nomiga jami 357,1 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni yuqoridagi MCHJlar orqali naqdlashtirib olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar