MCHJ rahbari ko‘mir sotib olish uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ya.F.” MCHJ mas’ul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan tumandagi 31 ta ijtimoiy soha obyektlarini isitish mavsumida ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larning 301,1 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab, rastrata qilish yo‘li bilan bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar